Madridning "Real" jamoasi "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni sotib olish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.
Madridliklar transfer narxini so'rashdi, "shporlar" esa Keynni 200 million funtga baholamoqda.
Onda Cero nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" Keyn uchun Garet Beyldan voz kechishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 2013 yilda Beyl "Real"ga 101 million evro evaziga transfer bo'lgan.
Agarda lozim topilsa, "Real" hujumchi Borxa Mayoraldan voz kechishi ham mumkin. Klub uni 30 million evroga narxlagandi.