"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kelajagi haqida gapirib o'tdi.
"Men faqat bitta klub sharafini ximoya qilishni istayman. Albatta, hozirgi kollektiv, murabbiyarlar va boshqalar o'zgarishi mumkin, lekin men bu yerda qolishni xohlayman. Bizda ajoyib mashg'ulotlar bazasi mavjud, yangi stadion qurilmoqda, fantastik murabbiy va yoshlik-tajriba uyg'onlikdagi avlod", - deydi Xarri Keyn.
Ma'lumot uchun, bir qator OAV angliyalik 24 yoshli futbolchini "Real" safiga ko'chib o'tishi haqida xabarlar tarqatayotgan edi.