Madridning "Real" jamoasi darvozaboni Keylor Navas yana jarohat oldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi mashg'ulotlarda jarohat orttirib olgan. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, posbon taxminan ikki haftani o'tkazib yuboradi.
30 yoshli futbolchi "Real"ning La ligadagi "Eybar" (22 oktyabr) va "Jirona" (29 oktyabr) klublariga qarshi o'yinlarida o'ynamaydi. Shuningdek, EChL doirasida "Tottenxem"ga bilan o'tadigan bahsni ham o'tkazib yuboradi..
Eslatib o'tamiz, Nasaf 15 oktyar kuni o'ng oyog'idagi jarohatidan forig' bo'lib, mashg'ulotlarga qaytgandi.