"Qirollik klubi" yana bir braziliyalik iste'dodni o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin.
Braziliyaning "Palmeyras" yoshlar jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi Alan de Souza Gimaraynsh faoliyatini madridning "Real" klubi tarkibida davom ettirishi mumkin. Rejalarga ko'ra 17 yoshli braziliyalik futbolchi 2018-yilda "Kastilya" safiga kelib qo'shilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Alanga yana "San-Paulo" klubi ham qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o'zi Braziliyaning grand klublar takliflarini birin-ketin rad etdi.
Futbolchining jamoa bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2019-yilda yakuniga yetadi. Uning tovon puli esa 50 mln yevro qilib belgilangan. Ma'lumot uchun, yosh futbolchining agenti Xuan Figer 2017-yil "Madrid" rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazgan va Alanning transferini muhokama qilishgan.