Oldinroq xabar berib o'tganimizdek ispaniyalik futbolchi Marko Asensio "Real Madrid" muxlislari tomonidan sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilingan edi.
Mahou kompaniyasi joriy etgan kichik sovrin yana bir bor Markoga topshirildi. 21 yoshli futbolchi avgust oyida ham "Real Madrid" klubi tarkibida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Ma'lumot uchun, Marko Asensio sentyabr oyida bitta golga assistentlik qilgan edi.