"Liverpul" yarimhimoyachisi Moxamed Salax Chempionlar Ligasi 3-tur uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, bu haqida UEFA rasmiy sayti xabar berib o'tadi. Nomzodlar orasida "Real" a'zosi Krishtianu Ronaldu ham bor edi, biroq unga (2%) muxlislar ovoz berishdi.
Misrlik futbolchi "Maribor"ga qarshi o'yinda 2 ta gol va bitta golga assistentlik qilgan edi (51%). Undan keyingi o'rinlarda Jenk Tosub ("Beshiktash") - 33%, Kvinsi Promes ("Spartak") - 7%, Lionel Messi ("Barselona") - 4%, Markus Reshford ("MYU"), Krishtianu Ronaldu ("Real") - 2%, Eden Azar va Neymar ("PSJ") - 1% ovoz to'plashdi.