Braziliyaning «Palmeyras» klubi yarim himoyachisi Alan de Souza faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin.
Hujumkor yarim himoyachi hozirda Braziliya o'smirlar (U17) terma jamoasi safida JCh-2017da ishtirok etmoqda. Madridliklar ushbu futbolchi bilan kelishuvga erishishdi. Alan de Souza mart oyida 18 yoshga to'ladi hamda "Real" safiga qo'shilishi mumkin.
Alan de Souza dastlab «Real Madrid Kastilya» safida o'ynay boshlaydi.