"Real" klubi asosiy darvozaboni Keylor Navas jarohat olib, yana bir necha haftaga safdan chiqdi.
Avvalroq posbon Kosta-Rika terma jamoasidan jarohat bilan qaytib, "Xetafe"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. Ammo u "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsgacha tiklanishga ulgurdi.
Navbatdagi omadsizlikka Keylor jamoaning so'nggi mashg'ulotlaridan birida duch keldi. Navas oyog'ini jarohatlab oldi hamda ma'lum vaqt davomida jamoaga yordam bera olmaydi. "Real" rasmiy saytining xabar berishicha, kosta-rikalik darvozabon to'liq tiklanishi uchun 12-15 kun kerak bo'ladi.
Navas 1 noyabr kuni Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yingacha sog'ayishi kutilmoqda. Bu vaqtgacha "Madrid" darvozasini Kiko Kasilya qo'riqlashi kutilmoqda.