Ronald Arauxo Kubok finalidagi "klassiko" oldidan "Real"ni ajoyib klub deb ataydi.
"Barselona" shanba kuni Ispaniya kubogi finalida "Madrid"ga qarshi maydonga tushadi.
"Bu avvalgilariga qaraganda butunlay boshqacha o'yin bo'ladi. Biz to'pga ega bo'lishni va g'alaba qozonishni istaymiz. Bu asosiysi.
Ularda ajoyib jamoa va ajoyib o'yinchilar bor, ayniqsa hujumda. "Real" - ajoyib futbolchilarga ega top-klub. Bizni juda qiyin bahs kutib turibdi.
Siz unga hurmat va kamtarlik bilan yondashishingiz kerak. Biz bor e'tiborimizni treblga qaratganimiz yo'q, faqat mashg'ulotlar va ishlashdan zavqlanamiz", dedi "Barsa" himoyachisi.