Hakamlar borasidagi mojarolarga qaramasdan, «Real Madrid» jamoasi 26 aprel kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya kubogi finalida qatnashish niyatida.
Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati allaqachon final bahsi bo'lib o'tadigan Sevilya shahriga parvozni rejalashtirgan. «Qirollik klubi» final o'yini uchun 26 aprel, shanba kuni mahalliy vaqt soat 13:00da bilan jo'nab ketadi.
Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi 26 apreldan 27 aprelga o'tar kechasi — Toshkent vaqti bilan soat 01:00da Sevilya shahridagi «La Kartuxa» stadionida boshlanadi.