Shu yilning 23 oktyabr kuni FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazadi. Ispaniyaning «Marca» nashri sovrindorlar nomini aniqlashga muvaffaq bo'ldi.
Manbaga ko'ra, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA versiyasi bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilinadi. Portugaliyalik futbolchidan tashqari Lionel Messi («Barselona») va Neymar («PSJ») ushbu sovringa nomzodlar uchligidan o'rin olgan.
Shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan tan olinadi.