Ronald Kuman "Barselona"ni Ispaniya kubogi finalida favorit deb hisoblamaydi.
Kataloniyaliklar ertaga turnirning so'nggi o'yinida "Real"ga qarshi maydonga tushishadi.
"Bunday finallarda favorit yo'q. Agar tahlil qilsangiz, “Barselona” futbol bo'yicha yaxshiroq jamoa bo'lishi mumkin, ammo “Barsa” va “Real” o'rtasidagi o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Madridliklar uchun esa bu Chempionlar ligasidan chetlatilish natijasida yuzaga kelgan stressni qoplash imkoniyatidir. Ularni o'yin va natijalari uchun tanqid qilishadi, lekin ikki katta jamoa o'rtasidagi kubok finalida favorit yo'q", dedi "Barselona"ning sobiq ustozi.