Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning chap qanot himoyachisi Ferlan Mendining tezroq safga qaytishiga umid qilmoqda.
Frantsiyalik futbolchi 12 mart kuni bo'lib o'tgan Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi javob o'yinida jarohat olgan va shundan buyon maydonga tushmagan. Marca xabariga ko'ra, Anchelotti Mendining "Barselona" bilan bo'lajak Ispaniya kubogi finaliga qadar tiklanib ulgurishiga umid qilmoqda. Italiyalik murabbiyning fikricha, qanot hujumchisi "ko'k-anorranglilar"ning o'ng qanotida o'ynayotgan Lamin Yamalni to'xtatib qolishga qodir.
"El-klasiko" 26 aprel, shanba kuni bo'lib o'tadi.