Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan yozda "qaymoqlilar" sotib olishi kerak bo'lgan futbolchilar borasida fikrini so'radi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis himoya va yarim himoya pozitsiyalarini kuchaytirish zarurligini ta'kidlamoqda. Anchelotti Angliya chempionatida o'ynayotgan to'rt futbolchini nomini aytdi: Vilyam Saliba ("Arsenal"), Manuel Akanji ("Manchester Siti"), Aleksis Mak Allister ("Liverpul") va Sandro Tonali ("Nyukasl").
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, yangi futbolchilarni sotib olish bo'yicha yakuniy qarorni "Real" prezidenti Florentino Peres, klub bosh direktori Xose Anxel Sanches va "qaymoqlilar"ning bosh skauti Yuni Kalafat qabul qiladi.