"Real"ning yulduz yarim himoyachisi deyarli 2 yildan buyon jarohat bilan o'ynamoqda.
Sport shifokori Dmitriy Babelyuk 2023 yilda sodir bo'lgan elkasining chiqishi tufayli Jud Belingemga jarrohlik amaliyoti kerakligini aytdi.
U Evro-2024da o'ynashni istab, jarrohlik amaliyotidan voz kechishga qaror qilgan. Shifokorning aytishicha, u doim elkasini bog'lab yuradi va o'zini noqulay his qiladi.
"U doimiy ravishda jarohatlangan elkasini bog'lab oladi, bu esa unga muntazam ravishda noqulaylik tug'diradi, jarrohlik amaliyoti va tiklanish ko'p vaqt olishi sabab bu ish cho'zilmoqda," - deya tushuntirdi shifokor.
Operatsiyadan tiklanish uchun uch oydan ko'proq vaqt kerak bo'ladi.
"Ma'lumki, elka bo'g'imining bo'g'im labini mahkamlash bo'yicha jarrohlik aralashuvidan keyin tiklanish uchun futbolchiga uch oydan ko'proq vaqt ketishi mumkin," - dedi shifokor.
Ayni vaqtda Jud Bellingem "Real"ning 46 ta o'yinida maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 13 ta golga hammualliflik qilgan.