"Madrid" klubi eng yomon davrlarni o'tkazayotganini asosiy sabablardan biri jamoa gol urishda qiynalayotgani qilib ko'rsatilmoqda. Raqiblarga gol urish nafaqat mehmonda balki uy uchrashuvlarida ham qiynalmoqda. "Santiago Bernabeu"da jami 7 ta o'yinning 3 tasida g'alaba qozonilgan va o'rtacha 1,57 gol to'g'ri kelmoqda.
Golli seriya kamayib ketganiga asosiy sabab deya madridlik ishqibozlar tomonidan Karim Mustafo Benzema ko'rsatilmoqda. Fransuz haqiqatda hozirda yaxshi formada emas, buni statistikasi ham ko'rsatib turubdi. Hozircha 2017/18 mavsum boshlangandan beri Benzema 2 ta gol kiritishga muvoffaq bo'ldi. 2010/11-yilgi mavsumda ham Benzemada yaxshi statistikalar bo'lmagan. Joze Mourinyo o'sha mavsumda Iguain jarohat olib safdan chiqgan payti Benzemaga qarata shunday ta'rif bergan edi: "Agarda sizda faqat mushuk bo'lsa, ovga mushuk bilan chiqasiz. Biroq, ovga baribi it bilan chiqgan yaxshiroq, mushukdan ko'ra," deb ta'rif bergan edi.
9-raqam egasi 2009/10-mavsumda Benzema mavsumning xuddi shu pallasida 3 ta gol, 2011/12 - mavsumda (6), 2012/3 - mavsumda (3), 2013/14/15/15 - mavsumlarda ham 4 tadan gol kiritgan.
La Liga: 9-tur o'yinlariga tahmin qoldiring