"Real" ancha vaqtdan beri "Santyago Bernabeu"dagi o'yinlarda past samaradorlik ko'rsatmayotgan edi. Jamoa 2017/2018 yilda o'z uyida o'tkazgan 7ta o'yinda bor-yo'g'i 11ta gol urdi. Bu uchrashuvlarda Zidan jamoasi 3ta o'yinda g'alaba qozondi, 3ta o'yinda durang o'ynadi va bir marta yutqazdi.
XXI asr mobaynida "Qirollik klubi" hali bunchalik yomon start namoyish qilmagandi. 1998 yilda Xiddink boshchiligidagi "Real" shunga yaqin natija qayd etgandi: 7ta o'yinda 3 durang va 2 mag'lubiyat.
"Madrid" bundan 74 yil avval — 1943/44 yilgi mavsumda dastlabki 7ta o'yinda 10ta gol urgandi. Hozir esa jamoa o'z maydonidagi dastlabki 7ta uchrashuvda 11ta to'p kiritdi.