"PSJ"ning 30 yoshli hujumchisi Edinson Kavani Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turida "Anderlext" darvozasiga gol kiritishga muvoffaq bo'ldi.
Bu orqali "El Matador" CHLda ketma-ket 7 o'yinda raqiblar darvozasiga gol urib kelmoqda: 3 tasi ushbu mavsumda va 4 tasi o'tgan mavsumda.
Ma'lumot uchun, bunday ko'rsatgichga oldinroq sobiq "MYU" va "Real" forvardi Rud van Nistelroy hamda Krishtianu Ronaldu erishgan edi.