Marokashlik futbolchi Xakim Ashraf "Real Madrid" safida Chempionlar Ligasidagi debyut o'yinini o'tkazdi.
"Tottenhem"ga qarshi baxsda 19 yoshli yoshli futbolchi 90 daqiqa harakat qildi. Ashraf 1-oktyabrda esa "Espanyol"ga qarshi La Ligadagi debyutini nishonlagan edi. "Men juda baxtliman, dunyoning eng kuchli turnirida maydonga tushdim. Murabbiy ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman."
Xakim "Real Madrid" tarkibida CHLda eng yosh debyut o'yin o'tkazgan futbolchilar ichida 8-o'rinni egalladi.