Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq idoralaridan qarzi borligini tan olmayapti.
Bundan bir necha oylar muqaddam portugaliyalik futbolchining bo'yniga 14,7 million evrolik soliqlardan qarzni ilib qo'yishgandi.
Shundan keyin u "Real"dan ketish taraddudiga tushib qolgandi. Ammo voqealar rivoji boshqacha ko'rinish olib, 32 yoshli futbolchi jamoada qoldi.