UEFA tashkilotining talqiniga ko'ra “Real”klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Tottenxem”ga (1:1) qarshi kechgan bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Portugaliyalik futbolchi “Tottenxem”ga qarshi o'yinda penaltini to'g'ri amalga oshirib, jamoasining yagona goliga muallif bo'ldi.
Bundan tashqari, Krishtianuda bir qator yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi, biroq ba'zi vaziyatlarda Ugo Loris yaxshi harakat qilgan bo'lsa, boshqalarida hujumchiga omad etishmadi.