"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasida maydonga tushish bo'yicha Rauldan o'zib ketdi.
"Tottenhem"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi uchun bu CHLdagi 143-o'yin bo'ldi. Bu natija orqali esa 32 yoshli futbolchi Raulni ortda qoldirdi (142).
Hozircha Ronaldudan oldinda yana bir sobiq madridist Iker Kasilyas (166) va Xavi (151) lar bormoqda.