Evropa chempionlar ligasining 3-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi va o'yinda durang qayd etildi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu tan olindi.
«Shporlar»ga qarshi o'yinda portugaliyalik futbolchi penaltidan gol urdi: uning zarbasini Ugo Loris bartaraf eta olmadi. Bundan tashqari, o'yin davomida Krishtianu gol urish bir nechta imkoniyatlarga ega bo'ldi, lekin vaziyatlarning birida Loris yaxshi harakat qilgan bo'lsa, boshqa vaziyatlarda Ronalduga omad etishmadi.
Bahsning 35-daqiqasida Ronaldu sariq kartochka oldi.