«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq organllari bilan kelishuvga erishishni istamayapti, deya xabar tarqatdi El Mundo. Yaqinda 32 yoshli futbolchi o'z advokatini o'zgartirdi. Krishtianu o'ziga nisbatan qo'yilayotgan ayblov «asossiz, isbotsiz va qonunga xilof» deya tan olinishini istamoqda.
Eslatib o'tamiz, iyul oyi so'ngida Krishtianu Ronaldu sudda ko'rsatma bergandi. Portugaliyalik futbolchi 2011-2014 yillar davomida 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda. Prokuratura xulosasiga ko'ra, Ronaldu o'zining imij huquqlaridan olgan daromadlarini soliqlardan yashirish maqsadida yaratgan biznes-tuzilmasidan foydalangan.