«Real» klubining sobiq prezidenti Ramon Kalderon klubni kuchaytirishga ehtiyoj yo'qligi haqida gapirdi.
«Real»ning hozirgi tarkibi juda kuchli. Unga boshqa futbolchi kerak emas. Men yangi futbolchilarni xarid qilmagan bo'lardim.
Ba'zi o'yinlarda asosiy tarkibning 2 nafar futbolchisi tushsa ham, jamoa yaxshi o'ynamoqda. Shu tufayli «Real» yangi nomlarga muhtoj emas» - dedi Kalderon Goal xabarida.