Londonning "Tottenhem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pachettino "Real"ga qarshi o'yindan oldin intervyu berib o'tdi.
"Jahonning eng kuchli jamoasiga qarshi to'p surish - o'zimizning taktikamizni va o'yin uslubimizni tekshirib olish uchun ajoyib imkoniyat. Bu yerda o'ynash salbiy emas balki ijobiy bo'ladi. Biz jahonning eng kuchli jamoasiga qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz"
Guruhdagi vaziyat haqida:
"O'tgan mavsumda hozirgidan ko'ra kuchsizroq guruhga tushgan edik, ammo guruhda 3-o'rin bilan kifoyalandik. Endi esa biz dastlabki ikki o'yinda g'alaba qozondik, ammo biz bilamiz "Real Madrid" va "Borussiya Dortmund" oxirigacha kurash olib boradi"
Isko haqida:
"Har bir murabbiy tarkibida kuchli futbolchilar bilan ishlashni xohlaydi. Isko har doim o'rtacha ijodkorlardan yuqori saviyada bo'lib kelgan va hozir u buyuk klubning yetakchilaridan biri. U bilan hisoblashish shart va uning afsunlari ko'z bilan ko'rish qiyin. Tarkibingda bunday futbolchilar bo'lsa xohlagan sovrinlaringni yutish mumkin. Zidanning bunda omadi kelgan va u rahbarligi ostida jamoa yaxshi o'yin ko'rsatmoqda".