Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Oltin to'p" uchun kurash haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Frantsiyalik forvard joriy yilda nufuzli individual mukofotga asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi.
"Oltin to'p"ga munosib o'yinchi qanday bo'lishi kerak? Rodri shunday o'yinchimi? Men Vinisius g'olib bo'ladi deb o'ylagandim, ammo oxir-oqibat mukofot Rodriga berildi.
Hozirda "Oltin to'p"ni kim olishini bashorat qilish imkonsiz. Faqat shunisi aniqki, har qanday pozitsiyadagi o'yinchiga - hatto darvozabonga ham mukofot berilishi mumkin," - dedi Mbappe.