Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Atletiko" prezidenti Sereso UEFAni tanqid qildi

Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso jamoasining mojaroli tarzda Liga chempionlaridan chiqib ketganidan so'ng UEFA haqida o'z fikrini bildirdi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso jamoasining mojaroli tarzda Liga chempionlaridan chiqib ketganidan so'ng UEFA haqida o'z fikrini bildirdi.

"Atletiko" 1/8 final javob uchrashuvida "Real"ga qarshi bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozondi, biroq penaltilar seriyasida 2:4 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.

"Siz UEFA qanday ishlashini bilasiz, sport tashkilotlari qanday ishlashini bilasiz. Oxir-oqibat, o'yin tugaganda, u qanday natija bilan yakunlangan bo'lsa, shunday qoladi. Hech kim uni qayta o'tkazmaydi, chunki mening bilishimcha, hech qachon bunday holat bo'lmagan.

Biz kuchimizni e'tiroz bildirish, shikoyat qilish, hukmni o'zgartirish uchun sarflaymiz, ammo natija o'zgarishsiz qoladi", – dedi Sereso COPE nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, penaltilar seriyasida Xulian Alvaresning zarbasi hujumchining to'pga ikki marta teginishi sababli hisobga olinmagan. Natijada "Atletiko" Liga chempionlaridan chiqib ketdi.

BestMaster
Bugun, 23:30
atletiko, prezidenti, sereso, uefani, tanqid, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017