Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga yozda jamoani tark etishi va "Manchester Siti"ga qo'shilishi mumkin. Manchester klubi frantsuz futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Football Insider nashrining ma'lumotiga ko'ra, "Real" 70 million funt sterling miqdorida taklif olgan taqdirda, Kamavingani qo'yib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda Kamavinga "Real" safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.