"Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 26-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi - 2:1.
Frantsuz Madrid klubi safida barcha musobaqalardagi 44-o'yinda 30 va 31-gollarini urdi. Mbappe "Real"dagi ilk mavsumida gollar soni bo'yicha braziliyalik Ronaldoni (30) ortda qoldirdi.
Mbappedan yuqorida Krishtianu Ronaldu (2009/10 yilgi mavsumda 33), Ruud van Nistelroy (2006/07 yilgi mavsumda 33), Ivan Samorano (1992/93 yilgi mavsumda 37).