Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning barcha turnirlardagi muvaffaqiyatli o'yinlari haqida gapirdi.
Murabbiy qiyinchiliklarga qaramay, mart oyida biz hamon barcha turnirlarda etakchilar qatorida ekanligni ta'kidladi.
“Bunaqasi so'nggi 3 yil ichida bo'lmagan. Birinchi mavsumda biz fevral oyida Ispaniya Kubogi chorakfinalida “Atletik”ka yutqazib qo'ygandik, ikkinchisida La Ligada juda orqada qoldik.
Hozir esa barcha turnirlarda etakchimiz. Biz bilan hammasi yaxshi, lekin yana-da yaxshiroq o'ynashimiz mumkin”, — deydi italiyalik mutaxassis.
Ayni vaqtda Madrid klubi La Ligada “Barselona” bilan birga peshqadamlik qilmoqda. EChLda esa “Real” 1/4 finalga chiqdi va endi “Arsenal” bilan o'ynaydi. Ispaniya Kubogining yarim final bosqichi, dastlabki o'yinida esa “Real Sosedad” mag'lubiyatga uchratildi.