"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisiussiz jamoa yaxshiroq harakat qilyaptimi, degan savolga javob berdi.
“Vinisiussiz yaxshiroq o'ynayapmizmi? Bema'nilik. Vinisius juda muhim futbolchi, biz buni muhokama qilmaymiz ham. U bizga ko'plab sovrinlar olib keldi va ko'plab muhim o'yinlarda g'alaba qozonishimizga yordam berdi. U bu klub uchun ko'p ish qildi va bundan ham ko'proq narsani qiladi", - dedi italiyalik mutaxassis "Vilyarreal"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida.