Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladigan uchta himoyachi ro'yxatini tuzdi.
Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Madrid klubi "Tottenxem" futbolchisi Kristian Romero, "Bayer" futbolchisi Jonatan Ta va "Everton" futbolchisi Jarrad Brantueytni kuzatib bormoqda.
Qayd etilishicha, “Tottenxem” 27 yoshli argentinalik futbolchini 60 million funtga baholamoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
29 yoshli Ta "Real"ga erkin agent sifatida o'tishi mumkin, chunki uning "Bayer" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. 22 yoshli ingliz Brantueyt "Los-Blankos"ga 70 million funt sterlingga tushishi mumkin. Himoyachining "Everton" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.