Lamin Yamal o'ziga nisbatan irqchilik haqoratlari haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, 26 oktyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tgan "Real" - "Barselona" o'yinida (0:4) ba'zi tomoshabinlar Lamin Yamalni haqoratlagan edi.
"Onam juda xavotirda edi, chunki u meni xafa bo'ladi deb o'ylardi. U xavotirlanib, menga qo'ng'iroq qildi, lekin men juda xursand edim, chunki biz 4:0 hisobida g'alaba qozongandik. Agar biz yutqazganimizda, ehtimol, odamlar menga nima uchun u yoki bu narsani gapirishi haqida o'ylab ko'rgan bo'lardim.
Oxir-oqibat, hayotdan zavqlanish kerak, kimdir sizni haqorat qilsa, u buni yomon qadriyatlarga ega bo'lgani uchun qiladi. Ammo, nima bo'lganda ham, ular g'azablanishdi, chunki mag'lub bo'lishdi," - dedi "Barselona" vingeri DAZN'ga bergan intervyusida.