Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Isko EChL 3-turi doirasida “Tottenxem”ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Chempionlar ligasi “Real” uchun har doim muxim o'rin tutadi. Ertaga bizda guruh bosqichida etakchi bo'lib olish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'ladi.
“Real” tarkibida o'ynash oson emas. Har doim g'alaba qozonish kerak. Bu erda dunyoning eng yaxshi futbolchilari yig'ilgan. Ular asosiy tarkib uchun katta raqobat olib borishadi.
Kiyinish xonasidagi atmosfera dahshatli darajada. G'alabalar va sovrinlarga chanqoqmiz. Rotatsiya esa yaxshi natijalarni bermoqda. O'sha vaziyatlardan beri “Real” barchadan eng yaxshi jamoa bo'lib oldi”, - deydi Isko.