"Real"ning sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf jamoa futbolchilarning harakatlarini tanqid qildi. Xabaringiz bor, Karlo Anchelotti shogirdlari penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.
"Menga "Real" futbolchilarining ayrim harakatlari yoqmadi. Raqib muxlislarini hurmat qilishimiz kerak. Menga bu narsalar yoqmaydi. Tribunada "Real Madrid" muxlislari borligi aniq, lekin men yoqtirmagan imo-ishoralarni ko'rdim. Men ular haqida gapirmayman. To'g'ri qadriyatlar bilan g'alaba qozonish kerak", - dedi Zeedorf.
"Real Madrid" Chempionlar ligasining chorak finalida "Arsenal"ga qarshi o'ynaydi. Birinchi o'yin Londonda, javob o'yini Madridda bo'lib o'tadi.