Madridning "Real" klubi belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan jamoalar o'rtasidagi javob o'yinida "Real" penaltilar seriyasida g'alaba qozonganidan so'ng "Atletiko" futbolchilarini shikoyatchi deb atadi.
Eslatib o'tamiz, bundan avvalroq Kurtuaning o'zi ham "Real"ga o'tguniga qadar "matraschilar" safida to'p tepgan.
"Men allaqachon "Atletiko"ning hakamlik haqida tinimsiz yig'lashidan charchadim," - deya darvozabonning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.