"Real Madrid"ning chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi jamoadagi 200-uchrashuvini o'tkazdi.
29 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan “Atletiko”ga qarshi javob o'yinida “Los-Blankos” safida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Bu vingerning "qirollik klubi" safidagi 200-uchrashuvidir. U Karim Benzema (648), Rafael Varan (360) va Zinedin Zidan (227) dan keyin tarixda bu ko'rsatkichga erishgan to'rtinchi frantsuz bo'ldi.
Ferlan Mendi "Real"ga 2019 yilning yozida "Lion"dan kelib qo'shilgan edi. Transfer narxi 48 million evroni tashkil qilgan.