Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining chorak finalidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu qiyin o'yin bo'ldi. Biz boshidanoq o'z ishimizni qiyinlashtirdik. “Atletiko”ning goli o'yinni o'zgartirib yubordi – undan keyin raqib yaxshi himoyalandi va qarshi hujumga o'tishga harakat qildi.
Barcha qiyinchiliklarga qaramay, biz penaltilar seriyasida g'alaba qozondik va keyingi bosqichga o'tdik.
Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz bo'lmadi, lekin asosiysi biz xohlagan narsamizga erishdik.
Biz charchadik, lekin baxtlimiz", dedi Anchelotti.