Vinisius Junior «Real» safida ilk bor penalti zarbasini golga aylantira olmadi. Bu barcha turnirlarni hisobga olganda, o'yin vaqtida (penalti seriyalaridan tashqari), ilk bor sodir bo'ldi. Bu haqda Squawka ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida xabar berdi.
Braziliyalik hujumchi Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida «Atletiko»ga qarshi o'yinda penalti tepgan, biroq to'pni darvoza ustunidan ancha yuqoriga tepib yuborgan.
«Real» va «Atletiko» o'rtasidagi bahsning asosiy va qo'shimcha bo'limlari 1:0 hisobida «Atletiko» foydasiga yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa «Real» 4:2 hisobida g'alaba qozondi.