"Atletiko"ga qarshi bahsda Ferlan Mendi jarohat tufayli zaxiraga olindi.
Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yinining ikkinchi bo'limi so'ngida "Real" himoyachisi chap sonining orqa mushaklaridan birini shikastlab oldi.
83-daqiqada frantsiyalik futbolchi o'rniga Fran Garsiya maydonga tushdi.