Madridning "Real" klubi murabbiylar shtabi "Tottenhem" yarimhimoyachisi Dele Allining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, bu haqida Daily Mail nashri xabar berib o'tadi.
Shu o'rinda "shporlar" rahbarlari o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish niyatida va uni klubdagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor. Hozirgi paytda Dele haftasiga 50 ming yevro maosh oladi. Hozirda "Tottenhem"da eng ko'p maosh oladigan futbolchi Xarry Keyn bo'lib turubdi. U haftasiga 100 min yevro ishlab topadi.
Ma'lumot uchun, 21 yoshli futbolchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilda yakuniga yetadi.