"Atletiko"ning ikki futbolchisi "Real"ga qarshi o'yinda penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Hujumchi Xulian Alvares zarba berishdan oldin sirpanib ketib, ikki oyog'i bilan to'pga tegib ketdi. U gol urishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, bosh hakam Shimon Marchinyak VAR bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilgach, golni hisobga olmadi.
Lukas Vaskesning zarbasini Yan Oblak qaytarishga muvaffaq bo'ldi, biroq uning ortidan zarba bergan Markos Lorente darvoza to'sinini nishonga oldi. "Atletiko" 1/8 final bosqichida mag'lub bo'ldi va Chempionlar Ligasini tark etdi.