Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida «Atletiko»ga qarshi uchrashuv oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi. L'Équipe nashrining xabar berishicha, frantsiyalik futbolchida jiddiy jarohat aniqlanmadi.
Mbappening tibbiy ko'rikdan o'tishi, uning Ispaniya La Ligasining 27-turida «Rayo Valekano»ga qarshi (2:1) o'yinda jarohat olgani bilan bog'liq edi. Kilian Mbappe «Atletiko»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi.
Mbappe yozgi transfer oynasida «PSJ»dan erkin agent sifatida «Real»ga ko'chib o'tgan edi. Hozirgi paytga kelib, u «Qirollik klubi» safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.