Madridning «Real» klubi himoyachisi Lukas Vaskes joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin.
"El Gol Digital" nashrining xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin edi, biroq bu jarayonga «Real» prezidenti Florentino Peres aralashgan. Klub rahbari oxirgi lahzada kelishuvni bekor qilgan.
Joriy mavsumda Lukas Vaskes «Real» safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor bahosini 3,5 million evro deb baholamoqda.