Madridning "Real" klubi 18 yoshli ukrainalik iqtidorli darvozabon Ilya Voloshin bilan shartnomani uzaytirdi, deya xabar beradi nufuzli insayder Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, qirollik klubi va Ukraina yoshlar terma jamoasi futbolchisi o'rtasidagi kelishuv 11 mart, seshanba kuni imzolangan.
Voloshin bilan yangi uzoq muddatli shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Shuningdek, Madridda ukrainalik futbolchi klub akademiyasining eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanalishi qayd etilgan.
Ilya Voloshin "Real"ga 2024 yilning yanvarida "Rayo Majadaxonda"dan 70 ming evro evaziga o'tgan edi. Ayni damda Ilya “qaymoqranglilar” U-18 jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.