12 mart, chorshanba kuni “Real Madrid” Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasida “Atletiko”ga qarshi bahs olib boradi.
"DefensaCentral" nashrining xabar berishicha, “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ukrainalik darvozabon Andrey Lunin bilan shaxsiy suhbat o'tkazgan.
Italiyalik mutaxassis Lunini o'yinga tayyor bo'lishga chaqirgan, chunki asosiy darvozabon Tibo Kurtua bahsgacha tiklanmasligi mumkin.
Joriy mavsumda Lunin 10 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol o'tkazib yubordi va to'rt marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
"Atletiko" – "Real" uchrashuvi 12 martdan 13 martga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. Birinchi bellashuvda “Real” 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.