"Real Sosedad" tayanch yarim himoyachisi Martin Subimendi katta ehtimol bilan yozda faoliyatini kattaroq klubda davom ettiradi.
Xabarlarga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalik futbolchining varianti "Real"da ko'p muhokama qilinganiga qaramay klubda ustuvorlik jihatidan unchalik muhim emas. "Qirollik klubi" asosiy e'tiborini himoya qanotlarini kuchaytirishga qaratishi kutilmoqda.
Subimendi uchun asosiy kurash APL klublari, xususan, "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'rtasida kechishi kutilmoqda.