"Real"ning 26 yoshli darvozaboni Andrey Lunin "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda tanaffus vaqtida tajribaliroq jamoadoshlariga baland ovozda baqirgan.
Defensa Central xabariga ko'ra, Lunin tanaffus oldidan gol o'tkazib yuborganidan keyin g'azablangan. U kiyinish xonasiga yugurib kirdi va jamoadoshlariga shikoyatlarini ayta boshladi.
Xususan, "Real Madrid" afsonasi Luka Modrich uning yo'lidan chiqqan. Lunin 39 yoshli futbolchi raqibining zarbasiga to'sqinlik qilmagani uchun unga baqirgan.