El Nacional nashri jurnalist Marsal Lorente ma'lumotlariga tayanib, Kilian Mbappening "Real"ga o'tishining moliyaviy tafsilotlarini ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, madridliklar yaqinda frantsiyalik forvardga 117 million evro + yillik maosh miqdoridagi shartnoma bonusi to'lagan.
Mbappe "Real"ga yozgi transfer oynasida qo'shilgan edi. Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.